Pedagogika kafedrasi

Pedagogika kafedrasi


 

 

 

YULDASHEV NAZAR USAROVICH

 

Pedagogika  kafedrasi mudiri 

Tel: +998 99 946-03-59

Elektron pochta: nazaryuldashev7@gmail.com

Qabul kunlari: Haftaning seshanba va juma kunlari. Soat  15:0dan 18:00 gacha

 

 Pedagogika kafedrasi haqida ma'lumot

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Talim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan 2022-yil 19-oktabrda berilgan 0444000 raqamli litsenziyaga asosan mazkur universitet tashkil topib, Pedagogika va xorijiy tillar kafedrasi oz faoliyatini boshladi.

2022-2023 yillarda kafedrani dotsent K. Markayev boshqardi, 2024-yil fevralidan “Pedagogika” kafedrasiga N.Yo’ldoshev rahbarlik qilmoqda. Bugungi kunda “Pedagogika” kafedrasida 18 nafar dotsent, 3 nafar PhD katta o’qituvchi, 2 nafar DSc professor, 11 nafar katta o’qituvchi, 11 nafar assistent, 2 nafar stajyer o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ilmiy salohiyat – 49 %.

Kafedra mudiri N. Yo’ldoshev va M.O’sarova bilan hammualifikda “Sinfda o’qish metodikasi”, “Ona tili o’qitish metodikasi” va M. O’sarova “Savod o’rgatish metodikasi” o’quv qo’llanmasi, katta o’qituvchi B. Jovliyev “Tibbiy bilim asoslari” hamda “Tibbiy bilim asoslari fanidan amaliy mashg’ulotlar”, “Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy asoslari” o’quv qo’llanmallari, dotsent T. Ashurova “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sensor tarbiyani tashkil etish metodikasi” uslubiy qo’llanma, “Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tasviriy faoliyat orqali predmetlar bilan tanishtirish metodikasi” Monografiya. Xalqaro OAK tasaarrufidagi maqolalar 2 ta, Xalqaro konferensiyalarda-3 ta, Respublika konferensiyalarida 2 ta, katta o’qituvchi D. Xolmurodov, Respublika OAK jurnallariga 5 ta ilmiy maqola, Xalqaro va Respublika miqyosida o’tkazilgan Ilmiy-amaliy konfrensiyalarda 8 ta tezislar, Xalqaro ilmiy jurnalda 1 ta Ilmiy maqola, X.Beknazarova “Boshlang'ich ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo'llash” nomli uslubiy qo’llanmasi, M. Rajabova “Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg'ularni shakllantirishning pedagogik asoslari” monografiyasi, “Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi” o'quv qo'llanmasi, L. Parmonova ‘’Tarbiyalanuvchilarni hissiy rivojlantirish metodikasi’’ nomli o’quv qo’llanma, ‘’Boshling’ich ta’limda tarbiya’’ DGU, D. Razzoqov. Kasb-hunarga yo‘naltirish” elektron darsligi, “Kasbga yo‘naltirish diagnostikasi” o‘quv qo‘llanma, “Tahsil oluvchilarning kasbiy malakalarini “WorldSkills” standartlari asosida baholash” monografiya, “Kasb-hunarga yo‘naltirish” o‘quv qo‘llanmasi kabilar bugungi kunda kafedradagi ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlarning yuqori saviyada olib borilayotganligidan darak beradi.  

Kafedrada pedagogika fanini rivojlantirishning quyidagi istiqbolli yo‘nalishlari bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda:

1) kafedrada o’qitiladigan o‘quv adabiyotlarining DTS asosida yangi o‘quv adabiyotlarini yaratish;

2) uzluksiz ta’lim tizimida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish;

3) pedagogik fanlarning metodik ta’minotini takomillashtirish;

4) iqtidorli talabalar bilan ishlash mexanizmlarini takomillashtirish va ustoz-shogird tizimini rivojlantirish;

5) innovatsion-korporativ hamkorlikni rivojlantirish va boshqalar.

Respublikamizda pedagog kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilishga doir amalga oshirilayotgan ishlarga uyg‘un tarzda kafedrada o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy sohalarini modernizatsiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, istiqbolli yosh pedagog kadrlarni tayyorlash maqsadida pedagogika magistratura mutaxassisligini tugatgan bitiruvchilar ishga jalb qilinmoqda.

Ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashga zamin yaratish maqsadida 2044-2025-o‘quv yilidan boshlab kafedrada ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

2024-yilda kafedraning ilmiy sohada hamkorlik aloqalari kengayib, Rossiya Federatsiyasining Belgorod Milliy davlat universiteti, Belgorod pedagogika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davllat pedagogika universiteti va  Respublikamizdagi qator oliy o‘quv yurtlarining turdosh kafedralari bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar, o‘quv seminarlari, seminar-treninglar tashkil etish yo‘lga qo‘yildi.

Hozirgi vaqtda kafedrada “Yosh pedagog” to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, universitetning 15 nafar iqtidorli talabalari uning a’zosidir.

Kafedra ilmiy yo‘nalishi: “Maktabgacha va boshlang’ich ta’limning usuvor yo’nalishlari”.