Maqsad va vazifalar

Maqsad va vazifalar


 

MAHMUDOVA MAFTUNA ZAFAR QIZI

 

Xalqaro Aloqalar departamenti ish yurutuvchisi 

Tel: +998 90 609-98-22

Elektron pochta: maftuna.mahmudova1998@gmail.com

Qabul kunlari: Haftaning duhanba-shanba kuniga qadar soat 10:00 dan 17:00 gacha.

 

 

2017-2021-yillarda O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti xorijiy til (ingliz tili) va adabiyoti mutaxassisligi bo’yicha bakalavr bosqich talabasi.

2022-2024-yillar - Turkiyaning Bandirma Onyedi Eylul universiteti “Xalqaro munosabatlar” mutaxassisligi bo’yicha magistri;

 “SWITCH ASIA GRANTS PROGRAMME” dasturida Gian Andrea P. Garancini tomonidan o’tkazilgan “Sustanaible tourism marketing for SMEs of tourism sector in Central Asia” hamda Turkiyaning Bandirma Onyedi Eylul universitetida tarix fanlari doktori Alptekin Mola tomonidan o’tkazilgan “Uluslarari Iliskiler ve Avrupa Birligi - Xalqaro Munosabatlar va Birlashgan Millatlar” seminarida ishtirok etgan va faxriy yorliq bilan taqdirlangan.

Xalqaro aloqalar departamentinig maqsad va vazifalari 

-         Osiyo texnologiyalar universitetining xalqaro aloqalar departamenti xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari va malaka oshirish institutlari bilan hamkorlikni yo’lga qo'yadi;

-          Eng so’nggi o’quv va ilmiy tajribalarni o’rganish va ularni ta’limga tadbiq etish, talaba va o’qituvchi xodimlarni dunyoning nufuzli ta’lim muassasalarida tajriba orttirib qaytishi kabi tashkiliy ishlarni muvofiqlashtiradi;

-         Universitetning xalqaro hamkorlik va aloqalar bo’yicha prorektori vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish boyicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etadi;

-         Xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari, ta’lim markazlari, ilmiy muassasalari, xalqaro fondlar va boshqa chet el tashkilotlari bilan o’zaro xamkorlik borasidagi bitim va shartnomalar loyihalarini ko’rib chiqadi va ular bo’yicha xulosalar tayyorlaydi, shuningdek, ularning bajarilishini ta’minlaydi;

-         Xorijiy davlatlar vazirliklari, ta’lim tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ta’lim ko’rgazmalari, xalqaro konferensiya va seminarlar tashkil qilish bilan bog’liq ishlarni amalga oshiradi;

-         O’zbekistondagi vazirlik va idoralar murojaatnomalariga asosan xorijiy mamlakatlar bilan oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik bo’yicha ma’lumotlar tayyorlaydi;

-         Xorijiy hamkorlar tomonidan stajirovka o’tash, malaka oshirish, chet elda o’quv kurslarida qatnashish, magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun e’lon qilinadigan grantlar tanloviga universitet professor-o’qituvchilari, talaba, magistrant va stajyor-tadqiqotchilarni tavsiya etadi;

-         E’lon qilinayotgan xalqaro grantlar haqida axborot jamlab tarqatadi;

-         Xorijiy hamkorlar bilan ta’lim loyihalarini amalga oshirish borasida universitet bo’limlari va markazlariga yordam ko’rsatadi.