Talabalarga odob-axloq kodeksi va kiyinish madaniyati bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda
Osiyo texnologiyalar universitetida tahsil olayotgan talaba-yoshlarga universitet ichki tartib-qoidalari, “Odob-axloq kodeksi” hamda kiyinish madaniyati bo‘yicha muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Mas’ul tyutorlar tomonidan talabalarga dars jarayonlariga o‘z vaqtida qatnashishlari, universitet hududida tozalik saqlash va dars vaqtida mobil telefonlardan foydalanmasliklari haqida tushuntirilmoqda.
Bundan ko'zlangan asosiy maqsad talabalar o‘rtasida ichki madaniyat va intizomni oshirish, ularning jamiyatda va universitetda mas’uliyatli mutaxassislar bo‘lib yetishishlarini ta’minlashdir.