Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor


 

 

IBRAGIMOV ELYOR XAKIMOVICH

 

Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor 

 

Tel: +998 91 257 03 43

 

Qabul kunlari: Haftaning seshanba va juma kunlari. Soat  15:0dan 18:00 gacha

 

 

Ibragimov Elyor Xakimovich 1988-yil 17-fevralda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida tug‘ilgan.

2011-yil Qarshi davlat universiteti (bakalavr), 2013-yil O‘zbekiston milliy universiteti (magistratura) tamomlagan. 2020 yilda Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy kengash 09.00.04-ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo’yicha “Ma’naviy-ruhiy manipulyatsiyaning yoshlar dunyoqarashiga ta’siri” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Falsafa fanlari bo’yicha falafa  doktori (PhD), dotsent. Rus va ingliz tillarini biladi. 30 dan ortiq ilmiy maqolalar, 2 ta uslubiy qo’llanma va 1 ta o’quv qo’llanma muallifi.

Mehnat faoliyati

- 2013-yil FJShMQMI Qashqadaryo hududiy bo‘linmasi kata mutaxassisi.

- 2013-2015-yillarda Qarshi davlat universiteti falsafa va sotsiologiya kafedrasi o‘qituvchisi.

- 2015-2018-yillarda Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi.

- 2018-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi akademiyasi Qarshi hududiy filiali bosh mutaxassisi.

- 2019-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Qarshi hududiy filiali direktori.

- 2021-yil Qarshi davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori.

-2021-2023-yillarda Qarshi davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor.

- 2023-yil Osiyo texnologiyalar universiteti Ilmiy-innovatsion tadqiqotlar departamenti boshlig‘i.

- 2023-yildan Osiyo texnologiyalar universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor lavozimida ishlab kelmoqda.

E.Ibragimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Boshqaruv mahorati”, “Interfaol usullarda dars olib borish bo’yicha trening dasturlari” kurslarida tahsil olgan.