Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor


 

 

XOLMIRZAYEV NODIR SULAYMONOVICH

 

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor

 

Tel: +998 90 721 59 07

 

Qabul kunlari: Haftaning seshanba va juma kunlari. Soat  15:0dan 18:00 gacha

 

 Xolmirzayev Nodir Sulaymonovich

-         Xolmirzayev Nodir Sulaymonovich- texnika fanlari nomzodi, dotsent

-         1988-1993 yillarda Qarshi davlat universitetini fizika-informatika mutaxassisligi bo’yicha imtiyozli tamomlagan;

-         2007-yilda O’zR FA Fizika-texnika institutida ‘Qayta tiklanuvchi energiya turlari asosidagi energetic qo’rilmalar’ixtisosligida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan;

-         1993-2024 yillarda Qarshi davlat universitetida o’qituvchi,o’quv ishlari boyicha dekan o’rinbosari, kafedra mudiri, ilmiy bo’lim boshlig’I, o’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor lavozimlarida ishlagan;

-         2003-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalar markazining fan sohasidagi bir qancha grantlarida a’zo va rahbar sifatida qatnashgan;

-         Bolgariyaning Neft va kimyoviy texnologiyalar universitetida, Rossiyaning Kazan federal universitetida stajirovka o’tagan;

-         3 ta darslik, 10 ta o’quv qo’llanma, 3 ta monografiya, 3ta patent, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi;

-         Hozirgi vaqtda Osiyo Texnologiyalar universitetida akademik va ilmiy ishlar bo’yicha prorektor lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Ilmiy ishlar bo’yicha departamentning maqsad va vazifalari:

-         O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining, Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar  vazirligi kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, universitet kengashi qarorlarini ,universitet rektorining buyruq va topshiriqlarining bajarilishini tashkil etish;

-         Universitet tuzilmasi bo’yicha ilmiy ishlar va innovatsiyalar  bo’yicha prorektorga bo’ysinuvchi bo’limlar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish;

-         Universitetda ilmiy izlanish ishlarini tashkil etish va yetuk, barkamol, malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

-         Universitetda ‘Ta’lim to’g’risida’gi qonun va boshqa talimga oid qonunlar mohiyatini tushuntirish va ularda korsatilgan vazifalarni amalgaoshirish borasida uslubiy va zamonaviy axborot vositalarini ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini ta’minlash;

-         Ilmiy izlanish ishlari bo’yicha rektorga takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;

-         Universitet kafedra va bo’limlarining ilmiy yo’nalishdagi faoliyatlari yuzasidan Kengash yig’ilishlarida reja asosida hisobot berish;

-         Professor-o’qituvchilarning shaxsiy ish-rejarejalarini ilmiy yo’nalishi bo’yicha faoliyatlarini bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish;

-         Kafedralarning ilmiy ishlar yuzasidan yillik faoliyati hisobotlarini tahlil qilish va rektorga xulosalar kiritish, professor-o’qituvchilarning ilmiy tadqiqot faoliyatini zamonaviy usullarda amalga oshirilishini ta’minlash;

-         Tayanch oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot universitet va markazlari bilan ilmiy – amaliy yo’nalishlarda doimiy hamkorlikni amalga oshirish;

-         Universitetda fan olimpiadalarini, jamiyat muammolariga bag’ishlangan ilmiy seminarlar, ilmiy-amaliy konferentsiyalarni tashkil qilish va o’tkazish, Respublika va Xorijiy mamlakatlarda o’tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlarda universitet vakillarining ishtirokini ta’minlash.