Tillar

Tillar


 

 

Xojamurodova Oydin Xojamurod qizi

Tillar kafedrasi mudiri 

Tel: +998 91 221-55-75

Elektron pochta:xojamurodova@gmail.com

Qabul kunlari: Haftaning seshanba va juma kunlari. Soat  15:0dan 18:00 gacha

 

  

Kafedra haqida umumiy ma’lumot

Osiyo texnologiyalar universitetida 2022-yildan Xorijiy tillardan malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida ingliz, rus filologiyasi yo‘nalishlariga talabalar qabul qilina boshlandi. Ularga sifatli bilim berish uchun 2024-yil 6-sentyabrdan boshlab Pedagogika va xorijiy tillar kafedrasi asosida Tillar kafedrasi tashkil etildi.

Bugungi kunda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan bakalavr bosqichida 4 ta yo’nalish, 60110700-O'zbek tili va adabiyoti, 60110900-Xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili), 60110800-Ona tili va adabiyoti (rus tili) va 60230100 - Filologiya va tillarni o'qitish(ingliz tili) yo’nalishlari, shuningdek, magistratura mutaxassisligi bo’yicha 70110701-O'zbek tili va adabiyoti yo’nalishida Badiiy tahlil asoslari, Lingvomadaniyatshunoslik, Amaliy tilshunoslik, Mumtoz tarixiy poetika hamda 70230101-Lingvistika (ingliz tili) yo’nalishida  Kognitiv tilshunoslik, Matn lingvistikasi, Ilmiy faoliyatga yo'naltirilgan chet tili 1,2 fanlari o’qitiladi.

Kafedra mudiri

Tillar  kafedrasi mudiri,
Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.
 
Telefon: 99891-221-55-75
Elektron pochta: xojamurodova@mail.com
Qabul kunlari: Har kuni 14:00 dan 15:00 gacha

MEHNAT FAOLIYATI

2007-2011 yy. - Qarshi davlat universiteti bakalavr talabasi

2011-2013 yy. - Qarshi davlat universiteti magistratura talabasi

2011-2016 yy. - Qarshi shahridagi 25-umumiy о‘rta ta’lim maktabi ona tili va      adabiyoti fani о‘qituvchisi

2016-2021 yy. - Qarshi shahridagi 25-umumiy о‘rta ta’lim maktabi ma’naviy-    ma’rifiy ishlar bо‘yicha direktor о‘rinbosari

2021-2023 yy. - Qarshi Davlat universiteti о‘zbek tilshunosligi kafedrasi tayanch doktoranti

2023-h.v.   -    Osiyo texnologiyalar universiteti dotsent v.b.

 

 

 

Kafedra o’qituvchilari haqida ma’lumot

Kafedrada 1 nafar filologiya fanlari boyicha falsafa doktori (PhD), 5 nafar katta o‘qituvchi, 9 nafar assistent va 5 nafar stajyor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda.

1. Xo’jamurodova Oydin Xo’jamurod qizi, kafedra mudiri, v.b. dotsent;

2. Sulaymonov Bahodir Kurbanovich, katta o’qituvchi;

3. Muxammadiyev Suxrob Baxtiyor o’g’li, katta o’qituvchi;

4. Yafasova Anjela Anvarovna, assistent;

5. Fayzullayeva Zulfizar Sa'dullayevna, assistent;

6. Babamuradov Oybek Salimjanovich, assistent;

        7. Hasanova Volida Erkin qizi, assistent;

        8. Halimova Go'zaloy Kamolovna, katta o’qituvchi;

9. Nekboyeva Ra'no Zokirovna, katta o’qituvchi;

10. Avazova Munisa Sharof qizi, assistent;

11 Jo'rayeva Mohira Yunus qizi, assistent;

12. Ismoilova Mamlakat Kurbon qizi, assistent;

13. Kamolova Navbahor Nasim qizi, assistent.

14. Berdiyeva Dilnavoz Orif qizi, stajyor-o’qituvchi;

15. Yavkocheva Feruza Husan qizi, stajyor-o’qituvchi;

16. Boboqulova Gullola Turayevna, assistant;

17. Babaqulova Dilobar Mustafoyevna, stajyor-o’qituvchi;

18. Kurbonova Mehriya Doli qizi, stajyor-o’qituvchi;

19. Iskakov Muhammad Sabirovich, stajyor-o’qituvchi;

  

Kafedraning yutuqlari va rejalari

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 3 ta darslik, 3 ta o’quv qo’llanma, 30 dan ortiq Xorij va Respublika jurnallarida maqolalar chop ettirilgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari Respublikamiz va xorijiy davlatlar tomonidan e’lon qilingan tanlovlarda ishtirok etib, xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim maskanlarida o‘z malakalarini oshirib qaytdilar. Jumladan, B.Sulaymonov va O.Babamuradov Nijniy Novgorod Davlat lingvistik universitetida malaka oshirib qaytishdi. S.Muxammadiyev esa Hindistonning Parul universiteti bilan tuzilgan Xalqaro mutaxassislar almashinuv dasturiga muvofiq Parul universitetida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, ilmiy seminarlarda ishtirok etib, o’zining tajribalari asosida Parul universiteti talabalariga dars mshg’ulotlari tashkil qilib, xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlash boyicha muzokaralar olib bordi. Kafedramiz a’zolari xalqaro universitetlar bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan turli mavzudagi tadbir, seminar, treninglarda (onlayn va oflayn) faol ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek, Parul universiteti bilan almashinuv tajribalari asosida S. Muhammadiyev universitetning professor-o'qituvchilar va talabalar uchun master-klasslar tashkil qildi va qilib kelmoqda.

Kafedra o’qituvchilaridan 2025-yillar davomida 5 ta dissertatsiya ishi himoya qilinishi rejalashtirilgan.