Ilmiy innovatsion tadqiqotlar departamenti
Ilmiy-innovatsion tadqiqotlar
- O‘zbekiston Respublikasining ta’lim va sog‘liqni saqlashga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari, rektor buyruqlari ijrosini ta’minlash;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini ilmiy xodimlar va talabalarga yetkazib boorish;
- Universitetda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining monitoringini olib borish;
- Fan doktori (DSc), falsafa doktori (PhD) hamda ularning ilmiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini shakllantirish;
- Fan va ishlab chiqarishning innovatsion korpоrativ hamkorligini tashkil etish bo‘yicha fakultet kafedralarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
- Kafedralardagi yetuk professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorant, mustaqil izlanuvchilar, iqtidorli talabalar va tegishli ishlab chiqarish korxonalar vakillaridan iborat innovasion guruhlarni shakllantirish va ishlab chiqarish bilan ikki tomonlama imzolangan shartnomalar asosida ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
- Universitetda “Oliy ta’lim fan va ishlab chiqarishning innovasion korporativ hamkorligini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar rejasi”ning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borishini yo‘lga qo‘yish;
- Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida universitet professor-o‘qituvchilarning ishtirokini ta’minlash;
- O‘zR FA tarmoq institutlari bilan hamkorlikda qo‘shma dasturlar va kafedralar sonini oshirish hamda ularni zamonaviy jihozlar bilan jihozlash;
-Xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari to‘qrisida ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.
-Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan e’lon qilingan davlat grantlari, davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi (fundamental, amaliy, innovasion va yosh olimlar) yo‘nalishlaridagi tanlovlarga, chet el grantlari tanlovlarida universitet professor-o‘qituvchilarining ishtirokini ta’minlash;
-Davlat grantlari asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini chorak, yarim yillik va yillik hisobotlarni o‘z vaqtida Innovatsion vazirligiga taqdim etish;
-Universitetda xalqaro va Respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlarni tashkillashtirish va konferensiyalarni o‘tkazish.
-Tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilar to‘g‘risida yagona axborot bazasini shakllantirish va monitoringini olib borish, ularning dissertasiya mavzularini ilmiy kengashda tasdiqlash.
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari hamda nomli Davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash Nizom talablari asosida me’yoriy hujjatlarni tayyorlab Oliy ta’lim vazirligiga taqdim etish (magistr, bakalavr).
-Iqtidorli talabalarni saralab olish, ular to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yaratish va yangilab borish, ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish;
-Talabalar Respublika Fan olimpiadalarini I, II bosqichlarini tashkil etish va o‘tkazish;
-Universitetning ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha yillik hisobotlarni o‘z vaqtida tayyorlash va oliy ta’lim vazirligiga taqdim etish.