Axborot-resurs markazi
|
Xolova Dilorom Ilmuratovna
Axborot-resurs markazi
Tel: +998 97 200 44 29
E-pochta: dxolova17@gmail.com
Qabul kunlari: Har kuni (dam olish kunlaridan tashqari). Soat 15:00 dan 18:00 gacha
|
Osiyo texnologiyalar universiteti Axborot-resurs markazi 2022 yil 19 oktabrda o’z faoliyatini boshladi. Kutubxonaning umumiy kitob fondi 3000 tani tashkil etadi. Shundan darslik, o’quv va metodik qo’llanmalar, ilmiy va badiiy adabiyotlar (rus va o’zbek tillarida) 1857 ta, karta va izomateriallar 500 ta, jurnal va gazetalar 48 nomda bo’lgan. Universitetda 2023 yil zamonaviy talab darajasidagi Axborot-resurs markazi binosi to’liq ishga tushirildi. Hozirgi kunda markazda 5 ta bo’lim faoliyat olib bormoqda: Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko’rsatish bo’limi. Elektron axborot-resurslar bo’limi. Ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot (davriy nashrlar) bo’limi. Axborot kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo’limi. Xorijiy axborot kutubxona resurslari bilan ishlash bo’limi. Axborot resurs markazi (ARM) umumiy kitob fondi 1157 nomda, 3471 nusxani tashkil etadi. Shundan darsliklar 196 (17.1 %) nomda 746 (21,5%) nusxa, o’quv qo’llanmalar 199 (17.2%) nomda 836 (24.1%) nusxa, badiiy adabiyotlar 220 (19,1%) nomda 458 (13,2%) nusxa, ilmiy adabiyotlar 236 (20,4%) nomda 652 (18,8%) nusxa, boshqa adabiyotlar 245 (21,2%) nomda 725 (20,9%) nusxa, xorijiy adabiyotlar 56 (4.9%) nomda 52 (1,5%) nusxani tashkil qiladi. To’liq matnli elektron-resurslar 1820 nomda mavjud bo’lib, ulardan darsliklar 850 ta, o’quv qo’llanmalar 150ta, ilmiy adabiyotlar 320 ta, badiiy adabiyotlar 356 ta, boshqa adabiyotlar 109 ta, xorijiy adabiyotlar 35 tani tashkil etadi. Qarshi innovatsion ta’lim universitetining axborot resurs markazi 2023 yildan boshlab o’zining web-sayti qitu.arm.uz ga ega bo’ldi va hozirda yanada takomillashtirish ishlari olib borilmoqda. Hozirda wyeb-sayt fondidagi barcha kitob va ularning elektron nusxalari joylanmoqda. Hozirga qadar fonddagi adabiyotlarning 63.2% qitu.arm.uz saytiga kiritildi. Hozirda web-sayt orqali talabalarni axborot-resurs markaziga obuna bo’lishi va har bir talaba haqidagi ma’lumotlarning saqlanishi hamda boshqa ko’plab imkoniyatlar yaratilgan. Ushbu web-sayt tarmog’i orqali professor-o’qituvchilar, xodimlar va talabalar elektron kutubxonadan kerakli adabiyotlarni qidirish, to’liq matnli elektron kitoblarni ko’chirib olish imkoniyati mavjud. ARMning 2 ta kompyuter sinfida 40 ta kompyuter jamlanmalari mavjud bo’lib va barchasi to’liq internet tarmog’iga ulangan. Ziyonet axborot ta’lim tarmog’i manbalaridan foydalanish imkoni yaratilgan va milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni keng targ’ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo’lishni ta’minlash, ma’naviy boy va uyg’un kamol topgan shaxsning ijodiy o’sishi uchun kitob fondlari, ma’lumotlarning elektron bazalari, Internet resurslari orqali zarur darajadagi xizmatlar ko’rsatilmoqda.