Yoshlar ishlari va talabalarga xizmat ko‘rsatish departamenti
Hozirgi kunda departament tarkibida malakali xodimlar va tyutorlardan iborat jamoa samarali faoliyat olib bormoqda:
|
Departament boshlig‘i
Qurbonmuradov Bekzod Uktamovich
Tel: 88.639-22-72 Pochta: iambekk17@gmail.com Qabul vaqti: dushanba – juma kunlari 09:00 dan 17:00 gacha |
|
Iqtidorli talabalar seleksiyasini shakllantirish va sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha mutaxassis
To‘layev Ibrohimjon Ergash o‘g‘li
Tel: 91.952-53-56 |
|
Aloqa markazi operatori
Tursinova Zarnigor Nematulla qizi
Tel: 88.191-16-06 |
|
Media xizmatlarini ko‘rsatuvchi mutaxassis
Mirakov Shohjahon Axmad o‘g‘li
Tel: 99.629-63-24 |
Tyutorlar |
|
|
Kambarov Sherzod Kenjayevich
Tel: 93.043-19-80 |
|
Zairova Dilafruz Uktamovna
Tel: 90.880-89-08 |
|
Sharapov Abror Amanovich
Tel: 91.217-01-52 |
|
Murodova Yulduz Abdixamidovna
Tel: 77.577-09-99 |
|
Gulliyev Nurbek Boynazarovich
Tel: 90.132-66-00 |
|
Xamroyeva Aziza Ravshanovna
Tel: 91.960-94-89 |
|
Bazarov Sardor Normuminovich
Tel: 91.224-90-66 |
|
Zokirova Marhabo Zokirovna
Tel: 88.488-89-80 |
|
G‘uzorqulov Sorbek Sodiq o‘g‘li
Tel: 97.366-04-04
|
|
Jo‘rayev Ilxom Ne’matillo o‘g‘li
Tel: 90.869-95-27 |
|
Meyliyev Muxriddin Tillo o‘g‘li
Tel: 90.886-66-11 |
|
Murodov Yunus Obid o‘g‘li
Tel: 91.073-77-70 |
Departament faoliyati davomida quyidagi funksiya va vazifalarni amalga oshiradi:
a) akademik sohada:
talabalarning har bir dars jarayonlariga qatnashishlari bo‘yicha kunlik davomatini yuritib borish;
talabalar tomonidan sababsiz qoldirilgan dars mashg‘ulotlari yuzasidan tegishli choralar ko‘rish, sabablarni o‘rganish va amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritib borish;
muntazam sababsiz darsga qoldiradigan va akademik qarzdor talabalarga ogohlantirish xatlarini yuborish;
talabalarning har bir chaqiruvi uchun chaqiruv xatlarini shakllantirish va talabalarga yetkazish;
universitet va talaba o‘rtasida muntazam aloqa o‘rnatish, ular bilan telefon orqali yoki ijtimoiy tarmoqlar yordamida bog‘lanish, barcha yangilik va ma’lumotlardan xabardor qilib borish;
har bir chaqiruv yakunida darsga kelmagan talabalar bilan individual ishlash, ularni qayta o‘zlashtirish jarayonlariga jalb etish choralarini ko‘rish;
talabalarning darslarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini nazorat qilib borish, ularga innovatsion ta’lim texnologiyalari va o‘quv-uslubiy materiallar, axborot-resurslari bilan ta’minlashga hamda ushbu manbalardan keng va unumli foydalanishga ko‘maklashish;
o‘zlashtirish ko‘rsatkichi past talabaga yordamlashib, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan talabani unga biriktirish, qo‘shimcha darslar va maslahatlar tashkil etish, fanlar bo‘yicha akademik qarzdorliklarni belgilangan muddatda topshirishini nazorat qilish;
talabalarning Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish – “HEMIS” axborot tizimi bilan bog‘liq barcha muammolarini tezkorlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish.
b) ma’naviy-ma’rifiy sohada:
talabalarning universitet Ichki tartib-qoidalari, “Odob-axloq kodeksi” va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilishlarini ta’minlash;
universitetning ma’naviy-ma’rifiy sohalarini rivojlantirish va universitetning kelajagi uchun xizmat qiladigan tadbirlarni tashkil qilish;
muntazam ravishda talabalarning ota-onasi bilan davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish hamda ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi o‘rni, majburiyati, mas’uliyati va farzandlar bilan o‘zaro munosabatlarini mustahkamlashga ko‘maklashish, ularning ta’lim tizimidagi islohotlar haqida ma’lumotga ega bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida ota-onalar bilan uzluksiz aloqa o‘rnatish;
universitetda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash maqsadida professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;
talabalarning huquqiy madaniyati hamda siyosiy savodxonligini yanada yuksaltirish, “Yangi O‘zbekiston”ni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mazmun-mohiyatini yetkazish, yurtimizda hamda jahon siyosiy maydonida yuz berayotgan o‘zgarishlar va yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirish, ular o‘rtasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarining oldini olish maqsadida “Axborot va murabbiylik soati”, “Tyutorlik soati” mashg‘ulotlarini tashkil etib borish;
psixolog bilan birgalikda talabalarning ijtimoiy-psixologik portretini shakllantirish, talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar va milliy qonunchiligimizga hurmat, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash;
talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha soha mutaxassislari ishtirokida muntazam profilaktik tushuntirish ishlarini olib borish;
talabalarni boy tarixiy, milliy va diniy an’analarimizga yot bo‘lgan illatlar, ya’ni terrorizm, separatizm, prozelitizm, diniy aqidaparastlik, missionerlik, “ommaviy madaniyat”, narkomaniya, uyushgan jinoyatchilik va boshqa illatlarga murosasizlik hamda ularga qarshi kurash ruhida tarbiyalash;
talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar va sport musobaqalarini doimiy o‘tkazib borish;
talabalarni darsdan bo‘sh vaqtlarda besh muhim tashabbus doirasidagi klub, to‘garak va tanlovlarga jalb qilish, ularning universitet hayoti, ijtimoiy-siyosiy va madaniy tadbirlardagi ishtirokini ta’minlash;
universitet, shahar (tuman). viloyat va respublika doirasida tashkil etiladigan tadbirlarga talabalar ishtirokini ta’minlash.
d) ilmiy-innovatsion sohada:
iste’dodli va iqtidorli talabalarni aniqlash hamda ularni shahar (tuman), viloyat, respublika va xalqaro miqyosda tashkil etiladigan tanlovlarga maqsadli tayyorlash;
talabalarni ilmiy to‘garaklar, innovatsion startaplarga va klublarga jalb etish;
iqtidorli va faol talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomdor davlat stipendiya va grantlarga tavsiya etish;
talabalarga ilmiy maqolalar yozishda maslahatlar berish va chop etishda yordam ko‘rsatish, ularni kelgusida ilmiy faoliyat olib borishlariga yaqindan ko‘maklashish;
talabalarning xalqaro grantlar hamda loyihalarda qatnashishlariga ko‘mak berish va rag‘batlantirish;
ilm-fan hamda tadqiqotlarda faol ishtirok etayotgan talabalarni universitet rahbariyati va jamoat tashkilotlari tomonidan rag‘batlantirilishini tashkil etish;
e) talabalar bilan ishlash va ularni turar-joy bilan ta’minlash borasida:
talabalarni universitetga moslashuvi (adaptatsiya) jarayonini samarali tashkil etish;
talabalar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni HEMIS axborot tizimiga joylashtirish hamda ma’lumotlar bazasini muntazam ravishda yangilab borish;
talabalarning shikoyat, ariza va boshqa turdagi murojaatlari bilan ishlash;
talabalar turar joyida, ijara xonadonlarida, yaqin qarindoshinikida va o‘z uyida yashovchi talabalarning ma’lumotlar bazasini shakllantirib borish;
universitetga yondosh mahallalarda joylashgan ijara xonadonlarining ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
vaqtinchalik turar-joyga ehtiyoji bor talabalarni yashil hududda joylashgan ijara xonadonlariga joylashishiga ko‘maklashish;
talabalar turar-joyida va ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan muntazam xabar olish, u yerda yaratilgan sharoitlarni o‘rganib borish hamda ularni yaxshilash bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritish;
talabalar turar joyi va ijarada xonadonlarda yashovchi talabalar bilan tizimli ravishda ishlar olib borish.
f) marketing va talabalar bandligini ta’minlash borasida:
kontrakt-to‘lovlarining talabalar tomonidan o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish, qarzdorligi mavjud bo‘lgan talabalar bilan to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
kunduzgi ta’lim shakli asosida tahsil olayotgan talabalarga belgilangan tartibda ta’lim kreditlari olishlariga ko‘maklashish;
darsdan bo‘sh vaqtida ishlashga ehtiyoji bor talabalar ro‘yxatini shakllantirish va ularning bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish;
talabalarning bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
ish beruvchi tashkilotlar va mavjud vakant o‘rinlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam shakllantirib borish;
g) iqtidorli, faol hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni qo‘llab-quvvatlash borasida:
universitetda tahsil olayotgan ijtimoiy faol, iqtidorli hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj (“Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da ro‘yxatda turuvchi, ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan, Mehribonlik uyi va bolalar uylari tarbiyalanuvchilari bo‘lgan hamda nogironligi bo‘lgan talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni doimiy ravishda shakllantirib borish;
universitet, shahar (tuman), viloyat, respublika hamda jahon miqyosida turli ko‘rik-tanlovlar, fan olimpiadalari va sport musobaqalarida yuqori o‘rinlarni egallagan talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish va doimiy yangilab borish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan, faol, tashabbuskor, turli ko‘rik-tanlov hamda sport musobaqalari g‘olib hamda sovrindorlari bo‘lgan talabalarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritib borish.
Universitetning Telegram‘dagi rasmiy kanalini kuzatib boring
A‘zo bo‘lish