Akademik ishlar departamenti
|
Abdullayev O‘ktam Sheraliyevich
Akademik ishlar departamenti boshlig’i
Tel: +99891 411-95-70
E-pochta: oabdullayev153@gmail.com
Qabul kunlari:Haftaning Seshanba va payshanba kunlari. Soat 15:00 dan 18:00 gacha
|
Akademik ishlar departamenti asosan, O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalari, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultet, kafedra, departamentlarda bajarilishini ta’minlaydi va monitoringini olib boradi. Shu bilan bir qatorda, universitetda o‘quv jarayoni samaradorligini va ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, Davlat ta’lim standartlari talablari, shakllantirilgan o‘quv rejalari, fan sillabuslari va boshqa meyoriy hujjatlar asosida tashkil etilishiga uslubiy yordam ko‘rsatish; O‘quv jarayoni jadvalini tuzish; O’quv va ishchi o‘quv rejalar tuzish; O‘quv mashg‘ulotlari jadvalini ishlab chiqish; O‘quv mashg‘ulotlari jadvalining bajarilishi nazorat qilish; Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimini o‘quv jarayonida qo‘llash; Talabalarning o‘zlashtirish natijalarini tahlil etib borish; Talabalar malakaviy pedagogik amaliyoti va ishlab chiqarish amaliyotlari ishlab chiqarish korxonalari integratsiyasi asosida olib borish uchun Memorandum va shartnomalar tuzish; Kafedra o‘quv yuklamalari “Vaqt meyorlari”ga muvofiq ishlab chiqilishi; Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalari shakllantirish; Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalarining bajarilishi nazorat qilish; O‘quv jarayonining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; ARM ning axborot fondi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganish; O‘quv jarayonini tashkil etishning kredit-modul tizimida dars mashg‘ulotlarining borishni tashkil etish; Talabalar o‘zlashtirish sifatini nazorat qilish hamda boshqarish.