Operatsion departament
|
Ikromov Saidvali Aliyevich
Operatsion departamenti boshlig’i
Qabul kunlari:Haftaning seshanba va juma kunlari. Soat 15:00 dan 18:00 gacha
|
Universitet bino-inshootlari, hududlari, yer maydonlari, gulzorlar, daraxtzorlar, ariqlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini bajaradi. Binolarni joriy va kapital ta’mirlash ishlarini bajarishda tegishli xodimlarni mehnatini tashkil qilish; O‘quv, laboratoriya va talabalar turar joylari binolarini o‘quv va yumshoq mebel bilan jihozlarini ta’mirlash ishlarini bajarish; Binolardagi va kafedralardagi yumshoq va qattiq jihozlarni sozligini va talab darajada saqlanishini nazorat qilish; Jihozlarni inventarizatsiyadan o‘tkazishda qatnashadi. Xo‘jalik ishlariga ajratilgan qurilish, ta’mirlash materiallari va xo‘jalik ashyolarini tejamli va maqsadli sarflanishini nazorat qilish; Tegishli hududdagi ekologiya, atrof-muhit tozaligi, daraxtlar va gullarni parvarishlash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish; Tegishli hududdagi elektr tarmoqlari, yoritgichlarni sozligini va doimiy ishlashini ta’minlash; Xo‘jalik sohasida xizmat qiluvchi texnik xodimlar-farrosh, qorovul, elektrik, santexnik, bog‘bon, ishchi va boshqa texnik xodimlarning faoliyatini tashkil etib, nazorat qilib boradi.