Ijtimoiy fanlar va raqamli texnologiyalar  kafedrasi

Ijtimoiy fanlar va raqamli texnologiyalar  kafedrasi


 

 

Ochilova Oydinoy Raxmiddinovna

 

Ijtimoiy fanlar va raqamli texnologiyalar 

kafedrasi mudiri 

 

Tel: +998 88 902-94-94

Elektron pochta: oydinoyochilova95@gmail.com

 

Qabul kunlari: Haftaning seshanba va juma kunlari. Soat  15:0dan 18:00 gacha

 

 

Ijtimoiy fanlar va raqamli texnologiyalar   kafedrasi 2022 yili dekabr oyida Osiyo texnologiyalar universitetining Innavatsion taʼlim fakulteti tarkibida tashkil etilgan.  “Ijtimoiy fanlar va raqamli texnologiyalar” kafedrasi deb nom berilga. Iqtisodiyot  va raqamli texnologiyalar” kafedrasi 60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʼyicha) va 60610500 – Kompьyuter injiniringi taʼlim yoʼnalishilaridan malakali mutaxassislar tayyorlashda yetakchi kadfedra hisoblanadi. Ularga sifatli va yuksak saviyada bilim berish uchun va Respublikamiz janubida Iqtisodiyot  va raqamli texnologiyalar fanlaridan ilmiy salohiyatni oshirish, hamda rivojlantirish uchun 2022 yilda Iqtisodiyot va raqamli texnologiyalar kafedrasi tashkil etildi. Kafedrada 4 nafar filologiya fanlari nomzodi, 10 nafar filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD), 10 nafar dotsent,  8 nafar katta oʼqituvchi va 8 nafar assistent oʼqituvchi faoliyat olib bormoqda. Ilmiy salohiyat – 31 %. Kafedra professor-oʼqituvchilari Respublikamiz va xorijiy davlatlar tomonidan eʼlon qilingan nufuzli tanlovlarda ishtirok etib, grant sovrindorlari sifatida xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy taʼlim maskanlarida oʼz malakalarini oshirib qaytdilar. Toshkent moliya instituti, Toshkent Iqtisodiyot universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Oʼzbekiston Milliy universiteti, QarDU, SamDU, BuxDU, QarMII,  hamda viloyatdagi axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan umumiy oʼrta taʼlim maktablari, akademik liseylar bilan ilmiy hamkorlik olib borilmoqda. Ular bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan turli mavzudagi tadbir, seminar, treninglarda faol ishtirok etib kelmoqda. Kafedra Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalari va tizimlari fanidan oʼquv uslubiy qoʼllanma, Taʼlimda axborot texnologiyalari fanida uslubiy qoʼllanmalar ishlab chiqildi. Kafedrada 3 nafar mustaqil tadqiqotchi ilmiy oʼzlarining sohalari boyicha ilmiy izlanishlarini olib bormoqda. Ilmiy izlarinishlarining natijalari sifatida Respublika va xorijiy jurnallarda ilmiy nashrlar chop etib kelishmoqda. Bundan koʼrinib turibdiki, bugungi kunda kafedradagi ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlarning yuqori saviyada olib borilayotganligidan darak beradi.  Kafedra Respublikamizdagi qator oliy oʼquv yurtlarining turdosh kafedralari, Oʼzbekiston Milliy universiteti, QarDU, SamDU, BuxDU, QarMII bilan ilmiy, ilmiy uslubiy sohalarda hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan. Kafedra ilmiy yoʼnalishi: “Iqtisodiyot va raqamli texnologiyalar”. Kafedrada tayyorlanayotgan taʼlim yoʼnalishlari va mutaxassisliklar: 60310104 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʼyicha) va 60610500 – Kompьyuter injiniringi taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha kadrlar tayyorlaydi. Mazkur yoʼnalish boʼyicha hozirda  56 nafar talaba tahsil olmoqda. Kafedra manzili: Iqtisodiyot va taʼlim fakulьteti binosi, 3-qavat, 5-xona.