Pedagogika kafedrasi
|
YULDASHEV NAZAR USAROVICH
Pedagogika kafedrasi mudiri
Tel: +998 99 946-03-59
Elektron pochta: nazaryuldashev7@gmail.com
Qabul kunlari: Haftaning seshanba va juma kunlari. Soat 15:00 dan 18:00 gacha
|
PEDAGOGIKA KAFEDRASI
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan 2022-yil 19-oktabrda berilgan 0444000 raqamli litsenziyaga asosan Qarshi innovatsion ta’lim universiteti tashkil topgandan boshlab Pedagogika va xorijiy tillar kafedrasi nomi bilan o’z faoliyatini boshlagan.
Dastlab 7 ta ta’lim yo’nalishidagi barcha fanlar Pedagogika va xorijiy tillar kafedrasi ixtiyorida bo’lgan va kafedrada 57 nafar professor-o’qituvchi o’z faoliyatini olib borgan. Ulardan 2 nafari fan doktori va professor, 14 nafari esa fan nomzodi va dotsentlar bo’lgan.
2022-2023 o’quv yilida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 2 ta o’quv qo’llanma, 50 dan ortiq maqolalar chop etildi.
Barcha ta’lim yo’nalishlari bo’yicha fanlarning o’quv reja va fan dasturlari tayanch oliy o’quv yurtlarida tayyorlangan namuna asosida ishlab chiqildi.
2024-yilda kafedramiz doktoranti Xo’jamurodova Oydin Xo’jamurod qizi filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini qo’lga kiritdi.
Kafedraning 3 nafar professor-o’qituvchisi xorijiy davlatlarda malaka oshirib keldilar. B. Sulaymonov va O. Babamuradov Nijniy Novgorod Davlat lingvistik universitetida malaka oshirib kelishdi. S. Muxammadiyev esa Hindistonning Parul universiteti bilan tuzilgan Xalqaro mutaxassislar almashinuv dasturiga muvofiq Parul universitetida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar hamda ilmiy seminarlarda ishtirok etib, xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlash bo'yicha muzokaralar olib bordi. Shuningdek, Parul universitetida olib borgan tajribalari asosida S. Muhammadiyev universitetning talaba va professor-o'qituvchilari uchun semenar treninglar o’tkazdi.
2023-2024 o’quv yilidan boshlab universitetda yana bir kafedra – Ijtimoiy fanlar va raqamli texnologiyalar kafedrasi o’z faoliyatini boshladi. 2024-2025 o’quv yilida esa universitetda bir nechta ta’lim yo’nalishlari ochildi. Pedagogika va xorijiy tillar kafedrasidan Filologiya kafedrasi tashkil etildi.
Hozirda Pedagogika kafedrasida 87 nafar professor-o’qituvchi faoliyat yuritmoqda.