Biz haqimizda

Biz haqimizda


   Qarshi innovatsion ta'lim universiteti Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2022-yil 19-oktabrda berilgan №04400-raqamli litsenziyaga asosan tashkil etilgan.

   2024-yil 8-avgustdan boshlab vazirlik tomonidan berilgan №345950-raqamli litsenziyaga asosan Osiyo texnologiyalar universiteti sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

  Universitetda 1 ta Innovatsion ta’lim fakulteti faoliyat ko‘rsatadi. Innovatsion ta’lim fakultetida 15 ta bakalavr hamda 6 ta magistratura yo‘nalishi bo‘yicha talabalarga ta’lim berilmoqda. Ayni damda kunduzgi yo‘nalishda 600 dan ortiq, sirtqi ta’lim yo‘nalishlarida 7000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. O‘quv binosi zamonaviy axborot texnologiyalari bilan to‘liq ta’minlangan. O‘quv binosida auditoriyalar bilan birga yotoqxona hamda oshxona mavjud. Universitetda 2 ta kafedra (Pedagogika va xorijiy tillar hamda Iqtisodiyot va raqamli texnologiyalar) tashkil etilgan bo‘lib, ularda 100 dan ortiq professor-o‘qituvchilar jumladan 40 dan ortiq ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar talabalarga sifatli ta’lim berib kelmoqda. Talabalarning amaliy darslarini samarali tashkil etish uchun yo‘nalishlarga mos ishlab chiqarish korxonalari, banklar hamda boshqarmalar bilan o‘zaro shartnomalar imzolandi.

  Manzil: Qarshi shahar, Nasaf MFY, Mustaqillik ko'chasi 13-uy

  Aloqa uchun bot: (Eng koʻp beriladigan savollarga javoblar) @qitu_uz_aloqa_bot

  Murojaat uchun:
📞 +998(90) 113-11-66
📞 +998(90) 123-11-66

   Call centr:

📞 +998(55) 404-11-66