Xalqaro konferensiyalar
Universitetni murakkab va tizimli jarayon sifatida xalqarolashtirish bir qator tadbirlarni oʼz ichiga oladi, jumladan:
1. Talabalar, magistrantlar, doktorantlar hamda professor-oʼqituvchilarning xalqaro konferensiyalar, stajirovkalar, dasturlar va akademik almashinuvlarda ishtirok etishini ragʼbatlantirish tizimini takomillashtirish, shuningdek, eng samarali taʼlim yoʼlini qurish, ilmiy xodimlar uchun konsalting dasturini tashkil etish;
2. Xorijiy tillarda masofaviy taʼlim resurslaridan foydalanishni taʼminlash, akademik almashinuv dasturlarini amalga oshirish, xorijiy ilmiy-tadqiqot institutlari va nufuzli universitetlaridan xorijiy professor-oʼqituvchilarni, doktorantlarni, magistrantlarini va amaliyotchi oʼqituvchilarni jalb etish;
3. Universitet bilan hamkorlikka yetakchi tadqiqotchilarni jalb etishning eng samarali vositasi sifatida xalqaro konferentsiyalar tashkil etish va universitet professor-oʼqituvchilari va doktorantlarining maqolalarini xorijiy jurnallarda nashr etish faolligini oshirish orqali ilmiy faoliyatni xalqarolashtirish;
4. Universitetning xalqaro darajasini belgilovchi xalqaro akademik reytinglarda ishtirokini tashkil etish;
5. Universitet professor-oʼqituvchilarni va doktorantlarni “El-yurt umidi” jamgʼarmasidagi ishtirokini faollashtirish orqali universitetning akademik salohiyatini oshirish.