Xalqaro hamkorlik aloqalari

Xalqaro hamkorlik aloqalari


 

O‘zbekiston Respublikasi mustaqil bo‘lgandan so‘ng mamlakatimizda milliy ta’limga bo‘lgan e’tibor yanada ortdi. Ayniqsa dunyo hamjamiyatida o‘z  o‘rniga ega bo‘lgan O‘zbekistonda ham barcha sohalar kabi ta’limda ham yetakchilik qilish, oliy talimdagi muammolarni hamkorlikda hal etish, talim sifatini keyingi bosqichga olib chiqish va ilmiy sohada zamon bilan hamnafas bolish uchun talim va fan sohasida xorijiy oliy talim muassasalari bilan hamkorlik qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Rivojlangan davlatlarning  har qanday oliy ta’lim muassasasining o‘quv va ilmiy salohiyatini, raqobatbardoshligini oshirishda samarali xalqaro hamkorlik aloqalari o‘zining yanada dolzarbligini ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, oliy ta’limda xalqaro hamkorlik va ta’limda investitsiya kiritilishi uning revojiga yanada samara berishini alohida e’tirof etish mumkin. Qarshi innovatsion ta’lim  universiteti hozirda 10 dan ortiq xorijiy Oliy ta’lim muassasalar bilan memorandum va hamkorlik shartnomalari imzola shga erishdi va samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. Xalqaro hamkorlikka asosan, universitet professor-o‘qituvchilarini xorijiy OTMlarga qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish, xorijiy professor-o‘qituvchilarni o‘quv mashg‘ulotlariga jalb qilish, hamkorlikda ilmiy konfrentsiyalar o‘tkazish va ilmiy maqolalar chop etish yo‘nalishlarida yo‘lga qo‘yilgan. Ayni shartnomalar doirasida 3 nafar xorijiy professor-oqituvchilar oquv mashgulotlariga jalb qilindi;

Qarshi innovatsion ta’lim  universiteti 2023 yildan  Evropa Ittifoqining Erasmus+ loyihasi xalqaro kredit mobilligi dasturi doirasida Evropa davlatlarining 2 ta OTMlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Ushbu dastur doirasida Evropaning 2 ta OTMlari, Konstantin Falsafa universiteti (Slovakiya), Zelena Gora universiteti (Pol`sha), bilan hamkorlik kelishuvlariga erishilgan.