Xalqaro ilmiy aloqalar
Qarshi innovatsion taʼlim universiteti 2023-2026-yillardagi xalqaro hamkorligi rivojlantirish hamda amaliy yoʼnalishlarini rivojlantirish maqsadida quyidagi infratuzilmada faoliyat olib borishi koʼzda tutilgan.
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish boʼlimi tarkibida xalqaro loyihalar bilan ishlash, xorijiy professor-oʼqituvchilar va talabalar bilan ishlash hamda xalqaro shartnomalar tuzish boʼyicha faoliyat olib boradi.
Qarshi innovatsion taʼlim universitetida 2023-2026 yillarga Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish boʼlimi faoliyatining asosiy amaliy yoʼnalishlari quyidagilardan iborat:
1. Xalqaro (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingiga kirish maqsadida, xorijiy hamkor OTMlar oʼrtasida akademik mavqeini oshirishni kuchaytirish, xorijiy professor-oʼqituvchilar va talabalar ulushini qoʼtarish;
2. Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining kredit safarbarligi loyihalari sonini koʼpaytirish orqali professor-oʼqituvchilar va talabalar mobilligigini amalga oshirish;
3. Xalqaro reytingdagi yuqorida oʼrinni egallagan xorijiy OTMlardan professor-oʼqituvchilarni, xorijdagi Vatandoshlarni Qarshi innovatsion taʼlim universitetiga shartnoma asosida oʼquv jarayoniga jalb etish, ushbu universitetlarni tugatgan mutaxassislarni shartnoma asosida ishga qabul qilish;
4. Universitetda talabalar uchun zamonaviy sharoitlarni yaratish va xorijiy tillarda mutaxassislik fanlarni sifatli taʼlim berishni yoʼlga quyish orqali xorijiy talabalarni jalb etish;
5. Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining CBHE, kredit mobilligi, АQShning UNICEN loyihalarida ishtirok etish;
6. Mehnat bozorining talab va ehtiyojlarini oʼrgangan holda, kompьyuter injiniringi, xorijiy tillar, iqtisodiyot, pedagogika, maktabgacha taʼlim, boshlangʼich taʼlim sohalari boʼyicha sifatli kadrlarni qoʼshma taʼlim dasturi asosida tayyorlash;
7. Oʼzbeksitonda mavjud universitetlar orasida universitet nufuzini yanada yuqori darajaga koʼtarishda professor-oʼqituvchilar, talabalarni xalqaro tanlovlarda, olimpiadalarda ishtirokini kuchaytirish;
8. Universitet professor-oʼqituvchilarining xalqaro dasturlar, konferentsiyalar va amaliyotlarda faol ishtirok etishini moliyalashtirish.