Konferensiyalar

Konferensiyalar


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

OSIYO TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI

GLOBALLASHUV DAVRIDA FILOLOGIYA FANLARINI O‘QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN AXBOROT XATI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 18-yanvardagi 16-son buyrug‘iga asosan Osiyo texnologiyalar universitetida 2024-yil 15–16-noyabr kunlari xalqaro ilmiy-amaliy anjumani rejalashtirgan.

Ushbu ilmiy-amaliy anjuman “Globallashuv davrida filologiya fanlarini o‘qitishning dolzarb muammolari” mavzusiga bag‘ishlanadi. Konferensiya oflayn hamda onlayn formatda – ZOOM platformalarida tashkil etiladi.

Konferensiya doirasida quyidagi sho‘balar ish olib boradi:

1-sho‘ba. Globallashuv davrida filologiya fanining rivoji va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni;

2-sho‘ba. Uzluksiz ta’lim bosqichlarida filologiya fanlarini o‘qitish metodologiyasi va metodik tajriba almashinuv masalasi;

3-sho‘ba. Tillar tadqiqi va ta’limining mushtarakligi masalasi;

4-sho‘ba. Adabiyot fanlarini o‘qitishning zamonaviy metodikasi muammolari;

5-sho‘ba. Oliy ta’limda fanlarni o‘qitish muammolari va innovatsion yechimlar.

Konferensiyaning ishchi tillari: o‘zbek, rus, ingliz. 

 

Maqolalarni rasmiylashtirishga qo‘yilgan talablar:

·     Matn Times New Roman va 14 o‘lchamdagi shrift kattaligida, 1,5 intervalda (hajmi: 5-8 sahifada) bo‘lishi maqsadga muvofiq.

·     Matnni joylashtirishda sahifaning chegaralari quyidagi tarzda belgilanadi: yuqori va pastdan 2 sm,
chap tomondan 3 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm.

·     Maqolalar qog‘oz nusxada va elektron variantda .RTF formatda taqdim etiladi.

·     Fayl nomi muallif familiyasi bilan yozilishi lozim.

·     Maqolaning nomi bosh harflar bilan yozilishi kerak. Mavzu yuqorisida muallifning ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni (agar bo‘lsa), ish joyi, telefon raqami to‘liq ko‘rsatilishi lozim. Maqolaning birinchi sahifasi yuqoridan o‘ng tarafga maqola berilayotgan sho‘baning raqami (1-sho‘ba, 2-sho‘ba va h.k.) ko‘rsatilishi shart!

·     Barcha iqtiboslar [1 : 56] shaklda qavsda berilib, maqolaning oxirida tartib raqami bilan adabiyotlar ro‘yxati sifatida beriladi.

·     Anjuman materiallari anjuman mavzusiga mos ravishda tanlanadi va yozilish qoidasiga qarab oʻzbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Yuqoridagi talablarga javob bermagan materiallar to‘plamga kiritilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

Ma’ruzalarni konferensiyaga qadar to‘plam holida chop etish rejalashtirilgan.

Ilmiy – amaliy anjumanda ishtirok etish bepul.

Maqola va tezislarni qabul qilish uchun mas’ullarning telefon va telegram nomerlari:

Konferensiya anjumanida ishtirok etishni xohlovchilar maqolalarni 2024-yil 1-noyabrga qadar quyidagi telegram manzillariga yuborishingiz so‘raladi:

 Oʻktam Abdullayev, +998914119570, @uzbkarshi;

 Suhrob Muhammadiyev, +998914644541, @Sukhrob4541; 

 Asilbek Xoʻjayorov, +998997464105, @abulqosimmuhammad.

                   Elektron pochta: suhrob-muhammadiev@mail.ru

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 13-uy.