Tadqiqotlar
Qarshi innovatsion ta’lim universitetida ilmiy tadqiqot ishlari
Dunyo hamjamiyatida keskin tus olib borayotgan shiddatli raqobatga faqat zamonaviy ilm-fan, yuqori texnologiyalar va innovatsiya yutuqlari keng joriy etilsagina munosib javob bo‘la oladi. Zamonaviy globallashuv jarayonida rivojlangan va rivojlanish bosqichida bo‘lgan barcha davlatlar dunyo miqyosida o‘zining raqobatbardosh kadrlari bilan o‘zining iqtisodiy-ijtimoiy holatini yanada yaxshilash, jahon bozorida tutgan o‘rnini mustahkamlash, nafaqat bozorida tutgan o‘rnini saqlab qolish, mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va ularni bozorga olib chiqishni maqsad qilgan bo‘lsa, O‘zbekistonda ham ilm-fan sohasini zamonaviy iqtisodiyot talablariga moslashtirib, ilm-fandagi tegishli huquqiy baza bilan tartibga solinadigan tub tarkibiy va tashkiliy-moliyaviy infratuzilmaga oid islohotlarni amalga oshirish talab etilmoqda. Shuni aytish joizki, Respublikamizda ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etish bosh masala qilib olindi. Shuningdek, Respublikamizda yildan - yilga rivojlanib borayotgan ilm-fan, ta’lim, iqtisodiyot, sanoat, sport, san’at, madaniyat singari barcha sohalarda yuksalishga erishish va buning natijasida ilmiy salohiyatini oshirish, aholi turmush tarzini bundanda yaxshilash maqsadida Qarshi innovatsion ta’lim universitetida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda Qarshi innovatsion ta’lim universitetida 3 nafar professor, 15 nafar fan nomzodi, dotsent va 18 nafar PhDlar mavjud yo‘nalishlarida o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarga dars berib kelmoqda.
Qarshi innovatsion ta’lim universitetida quyidagi ixtisoslik shifri bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda
07.00.01 Ўзбекистон тарихи
10.00.06- Қиёсий адабиётшунослик, чоғиштирма тилшунослик ва таржимашунослик
13.00.01-Педагогика назарияси. Педагогик таълимотлар тарихи
13.00.02 –Таълим ва тарбия назарияси ва методикаси
19.00.06 –Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi
08.00.14–Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari,
05.01.10–Axborot olish tizimlari va jarayonlari
08.00.12-Mintaqaviy iqtisodiyot