Universitetda yangi yil shousi ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi
Bugun, 24-dekabr kuni Osiyo texnologiyalar universitetida "Yangi yil shousi" bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor E.Ibragimov kirish so'zi bilan ochib berib, universitet rektorining yangi yil tabrigini o‘qib eshittirdi. Talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlar va badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga chinakam bayram kayfiyatini ulashib, tadbirni yanada qiziqarli va mazmunli qildi.

Shuningdek, joriy o'quv yili davomida talaba-yoshlar tomonidan erishilgan yutuqlar sarhisob qilinib, respublika va universitet miqyosida tashkil etilgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, koʻrik-tanlovlarda faol ishtirok etgan talabalar diplom, qimmatbaho esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Yangi yil barchamizga muvaffaqiyat va baxt olib kelsin!






