Yangiliklar

Talabalar o'rtasida “Kasbim – faxrim!” shiori ostida bellashuv o'tkazildi

Joriy yilning 25-iyun kuni Qarshi innovatsion ta’lim universitetining Boshlang'ich ta’lim yo‘nalishi sirtqi ta’lim shakli 2-bosqich talabalari ishtirokida “Kasbim – faxrim!” shiori ostida bellashuv o‘tkazildi.

Qizg‘in va murosasiz tarzda kechgan bellashuvning yakuniy natijalariga ko‘ra:

1-o‘rinni — “MAHORATLI PEDAGOGLAR” jamoasi;

2-o‘rinni — “OLOVLI YOSHLAR” jamoasi;

3-o‘rinni — “PEDAGOGLAR” jamoasi egalladi.

Barcha g‘olib jamoa a’zolarini ushbu yuksak natija bilan chin yurakdan muborakbod etamiz!

Shuningdek, g‘olib hamda sovrindor jamoalar, faol ishtirokchilar darajali diplom hamda tashakkurnomalar bilan munosib taqdirlandi.

Ulashing: