Yangiliklar

Universitetda respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi

Bugun, 17-may kuni Qarshi innovatsion ta'lim universitetida “Yangi Oʻzbekiston sharoitida tarix va ijtimoiy fanlarning dolzarb masalalari, rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi.

Konferensiyani Qarshi innovatsion ta’lim universiteti rektori L.Raxmonov kirish so'zi bilan ochib berdi. Shundan so'ng Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori A.Sagdullayev, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti professori, tarix fanlari doktori Y.Ergasheva hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, falsafa fanlari doktori B.Aliyevlar hamda bir qator professor-o'qituvchilar, yosh tadqiqotchilar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Qarshi innovatsion ta'lim universitetida tashkil etilgan ushbu ilk respublika ilmiy-amaliy konferensiya universitetning porloq kelajagiga qo'yilgan mustahkam tamal toshi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Ulashing: