Davlat soliq boshqarmasi mas’ullari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
Qarshi innovatsion ta'lim universitetining Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) yo'nalishining kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talaba-yoshlari ishtirokida davlat soliq boshqarmasi mas’ul xodimlari Otabek Poyonov, Firdavs Jabborov hamda Farrux Qorjobov bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mas'ul xodimlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati organlariga xizmatga qabul qilish tartibi va nomzodlarga qo’yiladigan talablar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, soliq organlari xizmatiga ishga kirish tanlov asosida adolatlilik, shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshirilishi, yoshi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy va mansab mavqeyidan qat'i nazar, o‘zlarining kasb, ishchanlik, shaxsiy va axloqiy sifatlariga, ma'lumoti darajasiga va salomatligiga ko‘ra, davlat soliq organlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta'minlashga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinishi to’g’risida to‘xtalib o’tildi.
Talabalar darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari va qo'shimcha kurslarga qatnashib o'z sohalari ustida yana ham qattiqroq ishlashlari haqida tavsiyalar berildi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mas’ullar va xodimlar tomonidan batafsil javoblar olishdi.