Yangiliklar

Universitet rektoriga biriktirilgan "og‘ir" toifadagi yoshlar manzilli o‘rganildi

Mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash masalasi hamisha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelgan. Keyingi yillarda yoshlarning ehtiyojlari va manfaatlariga e’tibor yangicha tus oldi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.02.2024-yildagi “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-son Farmoniga muvofiq, “Yoshlar balansi” asosida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga “og‘ir” toifadagi, shuningdek, iste’dodli va iqtidorli yoshlarni biriktirish belgilangan bo‘lib, Qarshi innovatsion ta’lim universiteti rektoriga ham Shahrisabz tumani Navbahor MFYda yashovchi 11 nafar yoshlar biriktirilgan.

Shu munosabat bilan, universitet rektori boshchiligida ishchi-guruh tashkil etilib, ular tomonidan har bir yosh manzilli ravishda o‘rganilmoqda. Jumladan, kuni kecha ishchi-guruh a’zolari hamda Navbahor MFY mas’ullari tomonidan bir guruh yoshlar holidan xabar olinib, ular bilan individual suhbatlar tashkil etildi.

Uchrashuvlar davomida yoshlarning yashash manzillari va sharoitlari, mavjud muammolar atroflicha o‘rganildi hamda ularning moddiy yordam olish, davolanish, fanlar boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga tayyorlanish, kasb-hunar va chet tillariga o‘qitish, bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq kelgusida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar belgilab olindi va “Yoʻl xaritasi”ga kiritildi. Ushbu masalalarning ijrosini taʼminlash boʻyicha masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.

Yoshlar bilan uchrashuvlar kelgusida ham davom ettiriladi.

Ulashing: